Simona Xalep: Kristina juda ham kuchli tennischi
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep Madriddagi turnirda chexiyalik Kristina Plishkovaga qarshi o‘yindan nimalar kutayotganini ta’kidlab o‘tdi.
"Men va Kristina avval ham o‘ynaganmiz va o‘sha o‘yinda men juda qiynalganman. Kristinaning to‘p uzatmalari va qo‘lning oldi qismi bilan bergan zarbalari kuchli. O‘tgan yilgi o‘yinimizni ko‘rmoqdaman va undan ham yaxshi o‘ynashga harakat qilmoqdaman. Men unga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonaman. To‘g‘ri unga qarshi har qanday o‘yin og‘ir o‘tadi
Men faqatgina o‘zimning o‘yinimni ko‘rsataman. Boshqa har qanday narsalarga e’tibor qaratmayman", - deydi Simona Xalep.

Fikrlar