Simona Xalep: Men hech qanday bosimdan qo‘rqmayman
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep "Federatsiyalar kubogi"da Shveytsariyaga qarshi o‘yin oldidan nimalar kutayotgani haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Men terma jamoa safida dunyoning birinchi raqamli tennischisi sifatida musobaqalarda ishtirok etmaganman. Shu sabab bosim ham juda yoqori bo‘lmoqda. Shuningdek, men o‘z yurtim uchun o‘ynamoqdaman.
Hamma o‘yinlar qiyin o‘tadi, biroq men ularga tayyorman. Biz qum qoplamali kortda o‘ynaymiz. Men esa bunday qoplamali kortlarga puxta tayyorlandim", - deydi Simona.

Fikrlar