Simona Xalep: Men uni yugurishga majbur qildim
Ruminiyalik tennischi Simona Xalep Indian-Uellsdagi musobaqaning uchinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tgani haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Men natijadan xursandman. Bahs qiyin o‘tdi, sababi raqibam g‘alaba qozonish uchun oxirigacha kurash olib bordi. Avvallari biz hech qachon o‘zaro to‘qnash kelmaganmiz. Men uning qanday zarbalar berishini ham bilmas edim.
Uchrashuvning boshlarida men o‘z o‘yinimni topa olmadim va shoshilib bir qator xatolarga yo‘l qo‘ydim. Keyin esa ehtiyotkorlik bilan tezkor o‘yin namoyish etdim hamda raqibimni yugurishga majburladim. Bu esa menga g‘alaba keltirdi.
To‘rtinchi davrada Tszyan Van bilan o‘ynayman. Biz birgalikda mashg‘ulot o‘tkazishga ulgurdik. Tushunib turibman unga qarshi o‘tadigan o‘yin ham qiyin bo‘ladi. Lekin men kurashga, doimo, tayyorman", - deydi Xalep.
Fikrlar