Simona Xalep chorak finalda o‘ynaydi

Simona Doxa shahrida o‘tayotgan mazkur musobaqada ukrainalik Lesya Tsurenkoga qarshi kortga chiqib, 6:2, 6:3 hisobi g‘alaba qozondi. 

Ruminiyalik Simona Xalep Qatarda o‘tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. U musobaqaning ikkinchi davradan boshlagan edi.

Endi Simona "Qatar Total Open" turnirining chorak finalida germaniyalik Yuliya Gyorges bilan raqobatlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!