Simona Xalep jiddiy kasallikka chalindi

Avval xabar berganimizdek ruminiyalik tennischi Simona Xalepning salomatligi yaxshi bo‘lmagani bois Pekin o‘tayotgan turnirni erta tark etgan edi.

Simona mazkur musobaqaning birinchi davrasidagi uchrashuvni beldagi og‘riq tufayli muddatdan oldin yakunlashga majbur bo‘lgan.

"MRT natijalariga shuni oydinlashtirdiki, menda umurtqa pog‘onamda disk churrasi bor ekan. Shu kunlarda men tajribali shifokorlar bilan maslahatlashmoqdaman. Umid qilamanki bu darddan tezroq qutilaman. Meni qullab-quvvatlayotganlarga rahmat", – deb yozadi Simona o‘zining tvitterida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!