
Sinxron suzuvchilar taqdirlandi (foto)
Poytaxtimizda suv sporti turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan IX Osiyo chempionati bahslari nihoyasiga etib bormoqda. Kecha sinxron suzuvchilar duet yo‘nalishi bo‘yicha taqdirlandilar. Ular orasida hamyurtlarimiz ham borligi kishini quvontiradi.
12 va undan kichik yoshdagilar o‘rtasida o‘tgan chiqishlarda Viktoriya Nushtaeva va Risolat Zoirova kumush medal bilan taqdirlandi.
13-15 yoshdagilar bahslarida Diana Onkes, Nafisa Shomirzaeva dueti bronza medaliga loyiq deb topildi.
16-18 yoshli qizlar o‘rtasida Anna Eltisheva, Anastasiya Morozova ham bronza medaliga ega bo‘ldi.
Fikrlar