
Stefanos Tsitsipas olg‘a yurishda davom etmoqda
Gretsiyalik tennischi Stefanos Tsitsipas va germaniyalik Yan-Lennard Shtruff Sofiya shahrida o‘tayotgan musobaqada o‘zaro raqobatlashdi.
Stefanos mazkur musobaqaning ikkinchi davrasida Yan-Lennardni birinchi setda tay-brekda, ikkinchi setda 6:4 hisobida taslim qildi.
Endi "Sofia Open" turnirining chorak finalida Tsitsipas frantsiyalik Gael Monfisga qarshi o‘yin o‘tkazadigan bo‘ldi.
Fikrlar