Sten Vavrinka Madridga bormaydi
Shveytsariyalik Sten Vavrinka 6-13 may kunlari Madridda o‘tkaziladigan "Mutua Madrid Open" turnirida ishtirok etmasligi haqida xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Vavrinka tizzasidan ikki marotaba jarrohlik amaliyoti o‘tkazganidan so‘ng fevral oyidan musobaqalarga qaytgan edi.Lekin u davolanish vaqtini yana uzaytirmoqda.
Shuningdek, mazkur musobaqada serbiyalik Filip Krayinovich ham o‘ynamaydigan bo‘ldi. Shu tariqa musobaqaning asosiy to‘rida rossiyalik Daniil Medvedev va germaniyalik Peter Goyovchik ishtirok etadi.

Fikrlar