Suv polosi. Ilk turda yigitlarimiz g‘alaba qozonishdi, qizlarimiz esa imkoniyatni boy berishdi

  • 25 oktabr, 2018, 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti
CHERY AUTO

Xabaringiz bor ayni kunlarda poytaxtimizda suv polosi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi VI Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra musobaqaning birinchi kunida o‘zbekistonlik qizlar xitoylik tengdoshlariga 13:18 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Yigitlar o‘rtasidagi bahslarda terma jamoamiz a’zolari koreyalik raqiblarini 16:10 hisobida mag‘lub etishdi.

E’tiboringizga musobaqaning birinchi kunida qayd etilgan natijalarni havola etamiz:

Qizlar:

Xitoy – O‘zbekiston 18:13
Yaponiya – Qozog‘iston 15:7

O‘g‘il bolalar:

Xitoy – Yaponiya 6:11
Eron – Qozog‘iston 13:1
Janubiy Koreya – O‘zbekiston 10:16.

Bugun musobaqada o‘g‘il bolalar o‘rtasida ikkinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi:

Yaponiya – Qozog‘iston
O‘zbekiston – Eron
Xitoy – Janubiy Koreya.

Qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda esa bugun dam olish kuni hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!