Taekvondochilarimiz Gollandiyadagi turnirning 1-kunida 3 ta oltin va 4 kumush ko‘lga kiritishdi
10 mart kuni Gollandiyaning Eyndxoven shahrida taekvondo bo‘yicha Gollandiya ochiq chempionati boshlangani haqida xabar qilingandi. Kecha o‘smirlar o‘rtasidagi janglar bo‘lib o‘tdi.
Dastlabki kun yakunlariga ko‘ra, Madina Mannopova, Jasur Jaysunov, Ulug‘bek Rashidov oltin, Ozoda Sobirjonova, Begzod Ibragimov, Shahzod Jo‘raev kumush medallarni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda O‘zbekiston MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 11 mart o‘tkaziladigan bahslarda o‘smirlar o‘rtasidagi janglarda Feruza Sodiqova va Jasurbek Zokirovlar ishtirok etishadi.
Kattalar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa Dmitriy Shokin, Shaxboz Shofayziev, Umida Abdullaeva, Dinora Mamadibragimova, Timurbek O‘rolov hamda Bahrom Abdullaevlar o‘z omadlarini sinab ko‘radi.

Fikrlar