Tampere-2017: Bugun qizlar bahsiga start beriladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Finlandiyaning Tampere shahrida sport kurashlari bo‘yicha Jahon chempionati bahslarining uchunchi kuniga start beriladi.

Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan bahslarda ayollar kurashi yo‘nalishida 2 nafar hamyurtimiz g‘oliblik uchun gilamga ko‘tariladi. Xususan, 51 kilogramm vazn toifasida Nodira Sobirova o‘z ishtirokini nimchorak final bosqichida Bolor Erdene Bat Orshixga qarshi bahs bilan boshlasa, 59 kilogramm vazn toifasida Nabira Esenbaeva saralash bosqichida Italiya vakilasi Morena De Vitaga qarshi gilamga ko‘tariladi.

Qayd etish lozim,  ushbu bellashuvlar hamyurtlarimiz uchun ijobiy natija bilan yakunlanadigan bo‘lsa, keyingi bosqichda Nodira Sobirova hindstonlik Nandini Bajiro Saloxe va avstriyalik Florin Mariya Shedler juftligi g‘olibi bilan olib boradi, o‘z navbatida Nabira Esenbaeva esa nimchorak final yo‘llanmasi uchun Belorussiya vakilasi Xanna Vaxer va shvetsiyalik Emma Margaret Sharlott Yoxansson juftligi g‘olibasi to‘sig‘ini engib o‘tishi lozim bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!