“Tashkent Challenger”. Istominga ikkinchi davrada kim raqiblik qiladi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi  kortlarida “Tashkent Challenger” turniri davom etmoqda.

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin ilk davarda yana bir hamyurtimiz Farrux Do‘stovga qarshi kortga chiqdi va 3 set davom etgan bahsda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Xo‘sh, endi Istominga ikkinchi davrada kim raqiblik qiladi? Hamyurtimizga bu bosqichda bosniya va gertsegovinalik Aldin Setkich raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Setkich ilk davrada Sanjar Fayzievni 7:6, 6:4 hisobida mag‘lub etgan edi.

Istomin – Setkich bahsi ertaga markaziy kortda soat 11.50 da boshlanishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!