Temur Ismoilov AQShda mag‘lubiyatini tan oldi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada Temur Ismoilov birinchi davrada mag‘lubiyatga uchradi.

Sovrin jamg‘armasi 15.000 AQSh dollar bo‘lgan musobaqaning ilk davrasida Temur gollandiyalik Tim Van Rixtovenga qarshi bahslashdi.

O‘yindagi hisob 6:0, 2:0 bo‘lib turganda tennischimiz o‘yinni davom ettirishdan bosh tortdi va mag‘lubiyatini tan oldi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!