Temurxo‘ja Abduholiqov: Hozircha qog‘ozda kuchlimiz

  • 3 mart, 2019, 14:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Lokomotiv” klubi yana bir sovrinni o‘ziniki qilib oldi. Xabaringiz bor, o‘tgan haftada yangi mavsum boshlanishi oldidan O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘tgan yilgi O‘zbekiston chempioni “Lokomotiv” Kubok sohibi OKMK bilan kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda esa temiryo‘lchilar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, Superkubokni qo‘lga kiritishdi va besh yil ichidagi 8-sovringa ega bo‘lishdi. Ushbu uchrashuvda esa birinchi gol muallifi bo‘lgan hujumchi Temurxo‘ja Abduholiqov “Lokomotiv”ning g‘alabasi uchun katta hissasini qo‘shdi. Shu bois o‘yindan keyin o‘zining taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bu – futbol va uning hayoti shunday. Bugun bu erda bo‘lsangiz, ertaga boshqa erda bo‘lasiz. Buni shunchaki normal holat sifatida qabul qilishimiz kerak. Albatta, “Lokomotiv”ga bu yil kelgan futbolchilar yangi oilaga kelishdi. Ular ham kecha o‘ynashni boshlagan futbolchilar emas. To‘g‘risi, bu yil xarid qilingan ijrochilar menga yoqdi, ular tajribali futbolchilar va jamoamizga yordam bera olishadi. Albatta, “Lokomotiv”ning qanchalik kuchsizlandi yoki kuchayganini mavsum oxirida bilib olamiz. Superkubokdagi bitta o‘yindan xulosa chiqarish qiyin. Qachonki, chempionat tugaganida shundagina aniq fikr aytish mumkin. Lekin umid qilamanki, biz yanada oldinga intilishda davom etamiz. O‘z fikrimni aytadigan bo‘lsam, klubdagi yuz bergan selektsiyadan so‘ng “Lokomotiv”ni kuchaydi deb hisoblayman. Faqat buni amalda isbotay olishimiz kerak. Mavsum davomida qo‘lga kiritadigan natijalarimiz bilan isbotlay olsak, haqiqatan kuchayganimizni hammaga ko‘rsata olgan bo‘lamiz. Hozircha biz shunchaki qog‘ozda kuchlimiz. Endi esa hammamiz birlashib, kuchimizni amalda ko‘rsatishimiz lozim.

Suhbatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishib olishingiz mumkin>>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!