Tennischilarimiz xalqaro turnirda hech kimni ayamadi
Tojikistonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida o‘tgan turnirda ikki nafar tennischimiz – Bekzod Rasamatov va Mark Tryashkin finalda o‘zaro raqobatlashdi.
Musobaqada Bekzod, rossiyalik Kiril Soluyanovni, polshalik Vitold Konopkoni, xitoylik Yangxuan Lini, polshalik Mikel Vargokkini engib finalga yo‘l oldi.
Yana bir tennischimiz Mark esa finalga qadar polshalik Albert Chudiyni, rossiyalik Ilias Essabikni, xitolyik Venmao Lini hamda rossiyalik Denis Ilyukinni mag‘lubityaga uchratdi.
Shu tarifa finalga yo‘l olgan Mark va Bekzod so‘nggi hal qiluvchi o‘yinda o‘zaro raqobatlashdi. Unda Tryashkin 6:3, 7:5 hisobida zafar quchdi.

Fikrlar