Ter Shtegen Evropaning ikki grand klubiga rad javobi bergani ma’lum bo‘ldi
Kataloniyaning "Barselona" klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegenga o‘z vaqtida "Yuventus" va PSJdan qiziqishlar bo‘lgan. Bu haqda Don Balon nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra har ikkala grand ham 26 yoshli nemis posboni uchun “ko‘k-anor ranglilar”ga 75 mln evro taklif qilgan. Ammo, ter Shtegen yakunda “Barsa”da qolishni ma’qul ko‘rgan.
Ma’lumot uchun, Mark-Andre ter Shtegen joriy mavsum “Barselona” safida jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 31ta gol o‘tkazib yubordi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar