Toni Fergyuson Xabibga: Sen faqat qog‘ozda chempionsan
Aralash yakkakurashlar jangchisi Toni Fergyuson UFC engil vazn toifasidagi chempion Xabib Nurmagomedovni tanqid qildi.
- Shuni aytishim joizki, Xabib sening muxlislaring tarbiyasiz ekanligiga ishnoch hosil qildim. Jarohatim tufayli oktagonga chiqmaganim - sening omadingdir! Bilamizki, sen ringda gaplashishni yaxshi ko‘rasan, men seni ko‘z yosh to‘kishga majbur qilardim. 3 raundda esa otangni yordamga chaqirishga tusharding. Sen faqat qog‘ozda chempionsan!, - deya Tonining so‘zlaridan iqtibos keltiradi MMA Fighting nashri.
Ma’lumot uchun, Toni Fergyuson UFC 223 doirasida Nurmagomedovga qarshi jangi Tonining jarohati tufayli qoldirilgan edi.

Fikrlar