«Tottenxem» mavsumdagi ilk transferini amalga oshiradimi?
«Tottenxem» o‘tgan yozda tarixni qayta yozdi. Londonliklar Premer Liganing yangi formatida yozgi transfer bozorida birorta ham transferni amalga oshirmagan ilk jamoaga aylangandi.
Bunga bir necha sabablar bor edi. Yangi stadion qurish uchun byudjetdan pul ajratish, Pochettinoning ixtiyoridagi futbolchilardan ko‘ngli to‘qligi birorta transferga qo‘l urishga ehtiyoj tug‘dirmadi.
Ular bunday tarkib bilan o‘ynashda davom etishlari ham mumkin, biroq klub muxlislari bundan norozi bo‘lmoqda. Ular mavsum oldidan katta umidlar kutishgandi. Chempionlar Ligasida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan «taqachilar» endi bor e’tiborlarini Evropa Ligasi finalini yutishga qaratishadi.
Ammo klub eshigini «taqillatayotgan» «jarohatlar epidemiyasi» tufayli ular yanvar oyida majburiy transferni amalga oshirishi mumkin. Agarda ular mavsumni boy berishni istamasa.
Xo‘sh, ular tarkibni qaysi futbolchilar bilan kuchaytirib olishlari mumkin?
Orzu: Adren Rabo, Frenki De Yong
Musa Dembele Premer Ligani Xitoy Superligasiga o‘zgartirish arafasida turibdi. Uning ketishi, Viktor Vanyamaning tizzasidan olgan jarohati, Pochettinoni boshqa yarim himoyachi topishga undaydi.
Xarri Uinks va Musa Dembele so‘nggi vaqtlarda barcha o‘yinlarda ishtirok etishdi va hayratlanarli o‘yinlar ko‘rsatishdi. Ammo «Tottenxem» Premer Liga to‘rtligiga kirish uchun yuqori saviyadagi yarim himoyachilarni olib kelishlari shart.
Aqlimizga ana shunaqalardan ikkitasi keladi. Adren Rabo kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani sabab «PSJ»ni tark etish arafasida. Bunga uning taklif qilingan shartnomani uzaytirishni istamayotgani turtki bermoqda. Frenki De Yong esa Evropaning o‘sib kelayotgan ertasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ikkala futbolchi orasidagi farq ikki yosh bo‘lsada, Rabo ancha tajribali hisoblanadi. 23 yoshli futbolchi Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritishga ulgurgan. EChL da muntazam o‘ynab kelmoqda. Ammo Evropa grandi safida o‘ynash uchun De Yongning salohiyati yuqoriroq baholanmoqda.
Ularning birortasi Dembelega munosib o‘rinbosar bo‘la olmasligini ham e’tirof etish darkor. Safda bo‘lgan Dembeleni to‘xtatish juda qiyin masala.
Raboning yuqori maosh talab qilishi ham «taqachilar»ni qo‘rqitib qo‘yishi mumkin. Ammo orzu transfer haqida so‘z borarkan, bunday variantlarni tilga olsak bo‘ladi. De Yongning «Ayaks»dan Angliyaga ko‘chib o‘tishi birinchisi emas. Undan avval Devinson Sanches, Kristian Eriksen va Yan Vertongenlar ham Erediviziya vakilidan kelib qo‘shilishgan.
Haqiqat: Abdulay Dukur, Devid Bruks
«Barselona» ham De Yong, ham Raboni olib kelish bo‘yicha yirik qadamlarni tashlaganini hisobga olsak, «taqachilar» Evropaning eng ko‘zga ko‘ringan yarim himoyachilarini o‘z tarkibiga jalb qila olmaydi. Undan ko‘ra, ular o‘z jamoalarida qolishni afzal ko‘rishadi.
Premer Liganing kuchli oltiligidan tashqaridagi klublarda o‘ynayotgan futbolchilarni qo‘lga kiritish ancha qulay kechadi. Ayniqsa ular so‘rayotgan maosh ham. Abdulay Dukur o‘tgan avgust oyida «Uotford» bilan yangi besh yillik shartnomaga imzo qo‘ydi va narxi ham qimmatladi. Ammo uning oladigan maoshi Rabonikidan ancha past va bu London klubiga mos keladi.
Joriy haftada Dukur kelajagiga oydinlik kiritdi. U klubini tark etib Chempionlar Ligasida o‘ynash niyatida ekanligini tilga oldi.
Agarda «taqachilar» shu oy yakunida turnir jadvalida uchinchi yoki to‘rtinchi o‘rinda qolishning uddasidan chiqa olsa, «PSJ»ning qiziqishiga qaramay Dukur Premer Ligada qolishi mumkin.
Undan tashqari, Devid Bruks ham ajoyib tanlov bo‘ladi. Yosh va ko‘p qirrali 21 yoshli futbolchi Pochettino qo‘li ostida yanada o‘sishda davom etishi mumkin. Qolaversa, tarkibning hujumkor variantini yana bittaga oshirgan bo‘ladi. Bruks «Bornmut»ga o‘tgan yozda qo‘shilgandi. Ayni vaqtda «Uotford» Dukurni qo‘yib yuborishi qiyin kechishi kabi, «Bornmut»dan Bruksni olib kelish ham oson kechmaydi.
Ammo Dukur Bruksdan yaxshiroq variant hisoblanadi. Uch gol va 5 golli uzatmani amalga oshirgan Dukur Dembele uchun ideal o‘rinbosar bo‘ladi.
Fikrlar