Tuxel "Borussiya"dagi shogirdini Parijga olib kelmoqchi

  • 24.07.2018 11:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Yulian Vaygl PSJning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli germaniyalik futbolchini Parijda shaxsan jamoaning yangi ustozi Tomas Tuxel ko‘rishni istamoqda. Eslatib o‘tish lozimki, Tuxel “Borussiya”da faoliyat olib borgan paytda Vaygl uning qo‘l ostida to‘p surgan.

Agar nemis klubi Xitoyning “Tyantszin Tsyuantszyan” klubidan belgiyalik xavbek Aksel Vittselni sotib olishni uddalasa, u holda Vaygl bilan xayrlashishga tayyor. Ushbu transfer esa PSJga taxminan 50 mln evroga tushishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!