UFC Osiyoga yurishini boshladi
2019 yilda UFC Xitoyning Shanhay shahrida yangi mashg‘ulotlar zalini barpo etishni rejalashtirmoqda.
Promoushen vitse-prezidenti Djeyms Kimboll xabar berishicha, ushbu markaz nomi "UFC Performance Institute" bo‘ladi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, binoning narxi 13 million dollarga teng .
Shanxaydagi "UFC Performance Institute" Hitoy va Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan bo‘lgan MMA jangchilariga professional darajaga ko‘tarilish uchun katta baza bo‘ladi.
Aytib o‘tish joizki, ushbu markaz, UFCning mintaqadagi asosiy markazi va janglar o‘tkaziladigan arena bo‘lishi rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, birinchi UFC Performance Institute 2017 yilda Las-Vegasda barpo etilgandi.

Fikrlar