UFC Rossiyada yana bir turnir o‘tkazmoqchi
Rossiyalik MMA jangchisi Ramazan Emeev Rossiyada bo‘lib o‘tadigan ikkinchi UFC turniri qachon bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida o‘z fikrini bildirdi.
- O‘ylashimcha, keyingi yilning yanvar yoki fevral oyida oktagonga ko‘tarilaman. Rossiyada bo‘lib o‘tadigan turnirda ishtirok etish borasida, menejerim Rizvan Magomedov bunday turnir mart oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, - dedi Ramazan.
UFCning Rossiyadagi birinchi turniri joriy yilning 15 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgandi. Musobaqa asosiy jangida Aleksey Oleynik raqibi Mark Xantni mag‘lub etgandi.

Fikrlar