US Open: Nadal qiynalmadi, Federer esa turnirni tark etdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni kunlarda “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “US Open” turnirining chorak final bosqich o‘yinlari yakuniga etdi.

Jahonning birinchi  raketkasi Rafael Nadal yarim final uchun bahsda rossiyalik Andrey Rublyovga qarshi kortga chiqdi.  1 soat 36 daqiqa davom etgan bahs 6:1, 6:2, 6:2 hisobida Nadal foydasiga xal bo‘ldi.

Jahonning uchinchi raketkasi Rodjer Federer esa argentinalik Xuan Marin del Potroga 5:7, 6:3, 6:7 va 4:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Endi mukofot jamg‘armasi 50 400 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnir yarim finalida Nadal aynan del Potroga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!