
Uimbldon. Tsonga ikkinchi davraga yo‘l oldi va boshqa natijalar
Bugun “Katta dubulg‘a” turkumidan o‘rin olgan Uimbldon turnirining birinchi davra o‘yinlari start oldi. Ayni daqiqalarga qadar sovrin jamg‘armasi 31 600 000 funtni tashkil etuvchi turnirning erkaklar o‘rtasidagi musobaqasida bir nechta o‘yin o‘z nihoyasiga etdi.
Jahonning 12-raketkasi fransiyalik Jo-Vilfrid Tsonga ilk davrada mezbon tennischisi Kemeron Norri bilan bahs yuritdi. 1 soat 22 daqiqa davom etgan o‘yinda Songa 6:3, 6:2, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi va ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Quyida hozirga qadar yakunlangan barcha o‘yinlarning natijasi bilan tanishtiramiz.
Karen Xachanov (Rossiya) – Andrey Kuznetsov (Rossiya) 7:6 2:6 6:3 1:6 6:2
Jo-Vilfred Tsonga (Frantsiya) – Kemeron Norri (Buyuk Britaniya) 6:3 6:2 6:2
Key Nishikori (Yaponiya) – Marko Chekkinato (Italiya) 6:2 6:2 6:0
Rojeriu Dutra (Braziliya) – Benua Per (Fransiya) 4:6 6:3 6:7 4:6
Karlos Berlok (Argentina) – Nikoloz Basilashvili (Gruziya) 4:6 6:7 1:6
Enji Yanovich (Polsha) – Denis Shapovalov (Kanada) 6:4 3:6 6:3 7:6
Per-Yuk Erber (Frantsiya) – Nik Kiros (Avstraliya) 6:3 6:4 Rt.
Fikrlar