Umid Rustamov raqibini texnik nokautga uchratdi
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan professional janglarda 8 nafar bokschimiz xorijlik charm qo‘lqop ustalari bilan kuch sinashmoqda.
Kechaning navbatdagi jangida hamyurtimiz Umid Rustamov professional ringdagi to‘rtinchi jangini gruziyalik David Ribakoniga qarshi o‘tkazdi. Bu bokschi bugunga qadar 43 ta jang o‘tkazib, 18 g‘alaba, 9 mag‘lubiyat va 5 durang qayd etgan edi.
10 raund qilib belgilangan to‘qnashuvni har ikki bokschi ehtiyotkorlik bilan boshlashdi, biroq ikkinchi raundda Umid faollikni oshirdi.
Uchinchi raundga kelib Umid raqibini nokdaunga uchratdi, ammo jangni davom ettirishni istagan bokschi zarbalar ostida qolib ketdi va ringga yiqildi. Nokaut!
Eslatib o‘tamiz, kechaning asosiy jangida Aziz Abdug‘ofurov (10-0-0, KO4) rossiyalik Dmitriy Chudinov (21-2-2, KO13 -Rossiya) bilan chempionlik uchun kurash olib boradi.

Fikrlar