“Uzbek Tigers”dan engilgan “Astana Arlans” WSB chempioni bo‘ldi
Bugun Qozog‘iston poytaxti Astana shahrida Butunjahon Boks Seriyasi(WSB) musobaqasining final jangi bo‘lib o‘tdi. Unda Kubaning “Cuba Domadores” jamoasi bokschilari Qozog‘istonning “Astana Arlans” jamoasi charm qo‘lqop ustalariga qarshi ringga chiqishdi.
10 ta vazn toifasida bo‘lib o‘tgan janglarda umumiy 5:5 hisobi qayd etildi. G‘olibni aniqlash uchun 52 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tgan qo‘shimcha jangda esa Oljas Bayniyazov Frenk Zaldivarni mag‘lub etdi va turnirning amaldagi chempionlarini mag‘lub etgan qo‘shnilarimiz WSB ning bu yilgi g‘olibiga aylanishdi.
E’tiborlisi, “Astana Arlans”ni mag‘lub etish faqat “Uzbek Tigers”ga nasib etdi. Yodingizda bo‘lsa, Toshkentda “Uzbek Tigers” jamoasiga qarshi kechgan jangda qozoqlar 1:4 hisobida bizning bokschilarimiz oldida ojiz qolishgan edi.

Fikrlar