"VARselona" yoxud “Barselona”

  • 26 avgust, 2018, 09:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liganing qiyin kechgan uchrashuvida «Barselona» «Real Valyadolid»ni safarda 0-1 hisobida engishga erishdi.

Tecno

«Ko‘k-anorranglilar»ga tartibli «Valyadolid»ni o‘z uyida engishi ancha mushkullik tug‘dirdi. Biroq kataloniyaliklar o‘z hisoblariga kerakli uch ochkoni yozdirib qo‘yishdi. Xo‘sh, ushbu bellashuvning omadli va omadsizlari kim?

Omadsiz: maydon

«Barsa» va «Valyadolid» o‘ynashga majbur bo‘lgan boshqa yomon stadion topilmasa kerak. Yana elitaga qaytgan jamoaning uy stadioni bir necha kun oldin ta’mirdan chiqqan edi. Biroq stadion katta futbol stressiga hali tayyor emasligi ko‘rinib qoldi.

Maysa oddiygina bosim uyushtirish, yoki futbolchi yo‘nalishini o‘zgartirganida, zarba berganida qo‘porilib ketaverdi. Stadion o‘z qobiliyatini ko‘rsata oladigan futbolchilarning sifatli futbol namoyish qilishlariga katta to‘g‘anoq bo‘ldi. Albatta bu ko‘proq «Barselona»ga ta’sir qildi. Bunday stadionlar dribling qiluvchi futbolchilar uchun juda xavfli hisoblanadi. Baxtga qarshi birorta futbolchi jarohat olmadi. Pike esa o‘yindan keyingi intervyusida stadionni alohida tilga oldi: «Bunday stadionlar borligi juda uyatli.»

Omadli: Usmon Dembele

Yakunda «Barselona»dan faqatgina bitta hujumchi bunday stadionda o‘z iqtidorini to‘liq namoyish qila oldi. U ham bo‘lsa Dembele edi. Frantsiyalik vinger erkin yugura oldi, muvozanatni yo‘qotmasdan yo‘nalishini ham o‘zgartira oldi. Shu sababli ham «Barsa»ning uchrashuvdagi eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

Jahon Chempioni bir soat davomida hujumning chap qanotidan o‘rin egalladi va mezbon jamoaning darvozasiga asosiy tahdid solgan nuqta bo‘ldi. Unda gol urish uchun ko‘plab vaziyatlarga ega bo‘ldi, buni sheriklariga ham yaratib berdi.

Alal-oqibat aynan Dembele jamoasining yagona goliga mualliflik qildi. Uchrashuvga qariyb bir soat to‘lganida u an’anaviy pozitsiyasi o‘ng qanotga o‘tkazildi va bu o‘z natijasini berdi.

Omadsiz: Lionel Messi

So‘nggi o‘n yil davomida himoyachilar qanday qilib Leo Messining driblingini to‘xtatish mumkinligi haqida bosh qotirishdi. Aser Del Orno tizzaga tepish yo‘lini tanlab ko‘rdi, Mourino «avtobus»dan foydalandi. Bu ba’zida o‘z mevasini berdi. «Real» argentinalik futbolchini to‘xtatish uchun barcha yo‘llarni ishga soldi. Ammo ko‘pi ish bermadi. Biroq «Valyadolid» Messini to‘xtatishning yo‘lini nihoyat topdi.

Messining driblingi, fintlari, o‘z gavdasini muvozanatda ushlab turishi va tezlikni oshirishi yoki sekinlashtirishi qisqa vaqtga to‘xtatib qo‘yildi. Chunki uning oyoqlari ostidagi maysa bunga dosh bera olmasdi. Messi shunchaki dribling qila olmadi. Bu xuddi rolikli konkida yugurish yo‘lakchasida uchib ko‘rishga harakatga o‘xshaydi.

Albatta, Messi g‘alaba bilan yakuniga etgan uchrashuvda o‘z hissasini qo‘sha oldi. Biroq mezbonlar uni to‘xtatishning eng yaxshi yo‘lini topdi.

Omadli: Enes Unal

«Valyadolid» safida o‘z debyutini o‘tkazgan Unal o‘yinga katta ta’sir o‘tkaza oldi. Endigina 21 yoshni qarshi olgan futbolchi professional faoliyatida sakkizinchi jamoasi libosida ishtirok etishga ulgurdi.

Qiyin sharoitga qaramay, Unal ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. U o‘yin davomida kataloniyaliklar himoyachilari uchun haqiqiy bosh og‘rig‘i bo‘ldi.

Omadsiz: Nelson Semedu

Semeduni tushunsak bo‘ladi. Portugaliyalik o‘ng qanot himoyachisi chuqur himoyalanadigan jamoalarga qarshi o‘ynash tajribasiga umuman ega emas. Bu birinchi turda «Alaves»ga qarshi o‘yinda ham ko‘rinib qolgan edi. O‘shanda himoyachi Serxi Roberto bilan almashtirilgan edi.

Nega Semedu omadsiz? Sababi oddiy: chunki Roberto natijaga ta’sir qila olish salohiyatini u ko‘rsata olmaydi.

Omadli: VAR (VAR)

O‘yinning 91-daqiqasi o‘tib borayotgan bir paytda mezbonlar hujumchisi Keko muvozanatni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu «Valyadolid»ning yuqori divizionga qaytganidan keyingi ilk goli bo‘lishi mumkin edi. Biroq gol inobatga olinmadi.

Bu vaziyatga VAR tizimi aralashdi. O‘yin boshlarida Suaresning goli inobatga olinmagani kabi Kekoning goli ham hisobga olinmadi. Boisi hujumchi o‘yindan tashqari holatda qolib ketgandi. «Barselona» 2013-14-yilgi va 2016-17-yilgi mavsumlarni inobatga olinmagan ikki gol tufayli La Ligani boy bergan edi.

Kataloniyaliklar sal qolsa g‘alabani qo‘ldan chiqarishardi. Yaxshiyamki video takror tizimi bu mavsumdan boshlab La Ligada yo‘lga qo‘yildi. Olg‘a «VARsa»!

Erkinjon G‘aybullaev tayyorladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!