
Xitoyning "sirli" klubi supertransferga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Xitoy klublari shov-shuvli transferlarni amalga oshirishni davom ettiradi. Nomi maxfiy tutilayotgan Xitoy jamoalaridan bira Evropaning eng zo‘r futbolchilarini o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun supertransfer tayyorlamoqda.
Bu gal xitoyliklarning nishoniga "Tottenxem" va Angliya terma jamoasi hujumchi Harri Keyn tushdi. Xitoy klubi mohir to‘purarni katta maosh bilan qiziqtirmoqda. Agar Keyn Xitoy chempionatiga ko‘chib o‘tsa, haftasiga 800 ming funt miqdorida maosh oladi.
23 yoshli futbolchi 2016 yilning dekabr oyida "Tottenxem" bilan 2021 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagan edi. Hozircha, Harri Keyn Angliya chempionatida 15 ta uchrashuvda 10 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar