Xyon Chon Amerikadan katta pul bilan qaytmoqchi

Janubiy Koreyalik tennischi Xyon Chon Mayamida o‘tayotgan turnirning chorak finaliga chiqdi.

U musobaqaning to‘rtinchi davrasida portugaliyalik Joao Sousni 6:4, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa Chon "Miami Open - 2018" turnirining chorak finalida xorvatiyalik Marin Chilich va amerikalik Jek Sok uchrashuvi g‘olibi bilan o‘yinaydigan bo‘ldi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!