Yan Oblak qatorasiga 4-marta Sloveniyada "Yil futbolchisi" deb topildi

  • 03.01.2019 19:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Atletiko" klubi darvozaboni Yan Oblak Sloveniyaning 2018 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda "matraschilar" rasmiy sayti xabar bermoqda.

E’tiborlisi, 25 yoshli posbon ushbu mukofotni ketma-ket to‘rtinchi yil qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Oblak 2018 yilda "Atletiko" safida jami 50ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 36ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!