Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar nomi ma’lum bo‘ldi

  • 13 dekabr, 2018, 21:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangicha tartibda tashkil etilgan va yil boshidanoq ko‘pchilikning o‘zgacha qiziqishini torta olgan O‘zbekiston Superligasining 2018 yilgi mavsumi ham ortda qoldi.

Anchagina qiziqarli va murosasiz uchrashuvlarni siz-u bizga taqdim eta olgan 2018 yilda bir qator murabbiy, futbolchi va darvozabonlar ishonchli, ko‘pchilikka manzur keladigan o‘yin namoyish etib, futbol jamoatchiligi olqishlariga sazovor bo‘lishdi.

Professional Futbol Ligasi 14 dekabr kuni soat 18:00da “O‘zekspomarkaz” Kongresslar zalida ortda qolayotgan Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o‘tkazadi. Yil yakunlariga bag‘ishlab o‘tkaziladigan marosimda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi deya e’tirof etiluvchi nomzodlar eng yaxshilar uchun atalgan mukofotlarni qabul qilib olishadi.

PFL rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarida turli nominatsiyalarda eng yaxshi bo‘lish uchun nomzodlar nomini e’lon qilib bormoqda. Bugun navbat yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nominatsiyasiga etib keldi.

Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar

OSTON O‘RUNOV (“NAVBAHOR”)

Oston O‘runov ortda qolgan mavsumda “Navbahor” jamoasining asosiy futbolchilaridan biriga aylana oldi. 17 yoshli o‘yinchi 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va “lochinlar”ning bronza medallariga ega chiqishida salmoqli o‘rin tutdi. 


BOBIR ABDUXOLIQOV (“NASAF”)

21 yoshli Bobir Abduxoliqov “Nasaf” jamoasining etakchilaridan biriga aylanib ulgurdi va ortda qolgan mavsumda PEPSI  Superligada 13 marta raqiblari darvozasini aniq nishonga olishga muvaffaq bo‘ldi.


JASUR JALOLIDDINOV (“BUNYoDKOR”)

Kelajagi porloq deya e’tirof etilayotgan Jasur Jaloliddinov ortda qolgan mavsumda maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. U 16 yosh 80 kunligida “Bunyodkor” jamoasi safida maydonga tushirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!