Yosh tennischilarimiz kuchli raqiblarini qiynashdi
Ayni kunlarda Belarus poytaxti Minsk shahrida “Fyuchers” turkumiga kiruvchi xalqaro turnir davom etmoqda.
Mukofot jamg‘armasi 15 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirning juftlik bahslarida ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz Sharobiddin Abzalov va Xumoyun Sultonovlar bugun ilk davra o‘yinlarini o‘tkazishdi.
Ilk bosqichida ular Jonatan Grey(Buyuk Britaniy) xamda Yanais Laurent(Frantsiya) duetlari raqiblik qildi.
1 soat 10 daqiqa davom etgan bahsda yosh tennischilarimiz tajribali raqiblarini ancha qiynashdi. Ilk setni 6:3 hisobida o‘z foydalariga xal etgan tennischilarimiz qolgan ikki setni 2:6, 8:10 hisobida boy berishdi va turnirdagi yurishlariga yakun yasashdi.

Fikrlar