Yuliya Putintseva Tayvanda qoqildi

Taybey shahrida ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Taiwan Open – 2018” turnirining chorak final bahslari qiziqarli uchrashuvlarga boy o‘tdi.

Musobaqada qozog‘istonlik Yuliya Putintseva hamda ukrainalik Katerina Kozlova yarim final yo‘llanmasi uchun kuch sinashdi. Mazkur o‘yinda ukrainalik tennischi 7:5, 6:3 hisobida zafar quchdi.

Shuningdek, ruminiyalik Monika Nikulesku chorak finalda germaniyalik Sabin Lisitskiga qarshi kortga chiqib, birinchi setda 6:4 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, qolgan setlarda 4:6, 4:6 hisobida mag‘lubiyatag uchradi.

Endi musobaqaning yarim finalida S.Lisitski va K.Kozlova o‘zaro kuch sinashadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!