“Yuventus” Dibalani “Barselona”ga sotmadi va sotmoqchi ham emas
Turinning “Yuventus” klubi hujumchi Paulo Dibalani “Barselona”ga sotishni istamadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar Dibala borasida Turin super klubiga rasmiy taklif bilan chiqqan, biroq, rad javobini olgan.
Ta’kidlash kerakki, “Barselona” argentinalik futboolchi uchun yanada foydaliroq taklifni amalga oshirsa ham, “Yuventus” Dibalani sotishni rejalashtirmayapti. Turinliklar ayni damda 23 yoshli futbolchi bilan amaldagi shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Barselona" bilan bir qatorda "Real" ham ushbu futbolchini qo‘lga kiritish uchun kurashayotgani haqida xabar bergan edik.



Fikrlar