Zamonaviy biatlon qiroli 30 yoshda!

CHERY AUTO

Bugun 14 sentyabr kuni qator sportchilar o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. Ular orasida zamonamizning eng mashhur atletlaridan biri Marten Furkadni ham qayd etishimiz mumkin. 

Tecno

Zamonaviy biatlonning qiroli bugun 30 yoshni qarshi olmoqda. Furkad faoliyati davomida Olimpiya o‘yinlarida 5 marta zafar quqishga muvaffaq bo‘lgan. Jahon chempionatlarida 11 marta shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarila oldi. Qolaversa, jahon kubogi bosqichlarida 74 bor birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. Ketma-ket 7 mavsumdan beri eng yaxshi biatlonchi bo‘lib kelayotgani haqiqatda ushbu sportchi zamonamizning eng kuchli biatlonchisi ekanligini anglatadi. 

Shuningdek, bugun taniqli futbolchilar xorvatiyalik Ivitsa Olich 39, braziliyalik Duglas Kosta 28 yoshni qarshi olmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!