A Seriya. Avtogol "Milan"ga muhim g‘alabani taqdim etdi

  • 14.11.2022 00:36
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya A Seriyasi 15-turi doirasidagi "Milan" - "Fiorentina" uchrashuvi yakuniga etdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan bellashuvda "rossonerilar" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Muxlislar uchrashuvda tezkor gol ko‘rishdi. 2-daqiqada Rafael Leau jamoaning hisobda oldinga olib chiqdi. 28-daqiqada "binafsharanglilar" hisobni tenglashtirdi. Gol muallifi - Antonin Barak. O‘yin shu hisobda yakunlanishi mumkin edi, ammo 90+2-daqiqada Nikolo Milenkovichning avtogoli "Milan"ga g‘alaba taqdim etdi.

Qo‘lga kiritilgan 3 ochkodan keyin milanliklar turnir jadvalida 2-o‘ringa chiqib oldi - 33. "Fiorentina" esa 19 ochko bilan 10-pog‘onani egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!