
A Seriya. "Latsio" "Milan" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
"Milan" A Seriyaning 19-turida "Latsio" maydoniga safar qildi. O‘yin "burgutlar"ning yirik 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab, Milinkovich-Savich 4-daqiqada hisobni ochdi. Taym so‘nggida mezbonlar yana gol urdi. 67-daqiqada Alberto penaltidan unumli foydalanib, hisobni yiriklashtirdi. 75-daqiqada Anderson ham o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Latsio" turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Milan" esa 2-pog‘onada bormoqda. Ikki klub o‘rtasida bir ochkolik farq mavjud.
Fikrlar