
A Seriya. "Milan" - "Roma": Milanliklarning qo‘li baland keldi
A Seriya 20-turidan o‘rin olgan "Milan" - "Roma" bahsi milanliklarnig 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, 11-daqiqada Adli hisobni ochgan bo‘lsa, 56-daqiqada Jiru oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 69-daqiqada esa Paredes javob qaytarib, o‘yinga intrigani qaytargandi, lekin Ernandes 84-daqiqada nuqtani qo‘ydi.
Ushbu uchrashuvdan keyin "Milan" turnir jadvalida 3, "Roma" esa 9-o‘ringa joylashdi.
Fikrlar