
A Seriya. "Milan" qiyinchilik bilan "Jenoa"ni taslim qildi. "Yuventus" esa ishonchli hisobda zafar quchdi
A Seriyaning 8-turidan o‘rin olgan "Jenoa" - "Milan" va "Yuventus" - "Torino" bahslari bo‘lib o‘tdi.
"Jenoa" mehmoni bo‘lgan milanliklar 87-daqiqaga kelib hisobni ochdi. O‘yindagi yagona gol Pulishich tomonidan urildi. Ushbu g‘alabadan keyin "Milan" turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi.
"Yuventus" esa o‘z maydonida "Torino"ni 2:0 hisobida taslim qildi. 47-daqiqada Gatti hisobni ochgan bo‘lsa, 62-daqiqada Milik oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Shu tariqa, Allegri shogirdlari 3-pog‘onadan joy oldi.
Fikrlar