
A Seriya. Peshqadam "Napoli" ochko yo‘qotdi (Videosharh)
A Seriya 24-turi doirasida "Napoli" o‘z maydonida "Udineze"ni qabul qildi. Mazkur bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Maktominey tomonidan 37-daqiqa kiritilgan golga Ekkelemkamp 3 daqiqa o‘tib javob qaytardi.
Yo‘qotilgan ochkodan qat’i nazar neapolliklar bu turda turnir peshqadami maqomini saqlab qoladi. Sababi, bugun o‘z o‘yinini o‘tkazadigan "Inter" ulardan 4 ochko kam to‘plagan.
Quyida ushbu o‘yin videosharhini tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar