
A Seriya. "Yuventus" markaziy o‘yinda "Milan"dan ustun keldi
Italiya A Seriyasining 9-turidan o‘rin olgan "Milan" - "Yuventus" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar kichik 0:1 hisobida zafar quchdi.
Turinliklarning yagona golini Manuel Lokatelli kiritdi. U 63-daqiqada olisdan kuchli zarbasi bilan sobiq jamoasi darvozasiga yo‘l topdi.
Shu tariqa, "Yuve" 3 ochkoni qo‘lga kiritib, 20 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. "Milan" 21 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinni band etgan.
Fikrlar