A Seriyada o‘zbek derbisini ko‘rishimiz mumkin edi...

  • 28 oktabr, 2020, 23:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Aslida Jasur Jaloliddinovda Italiya chempionatiga Eldor Shomurodovdan oldin o‘tish imkoniyati bo‘lgan. Jasur “Bunyodkor”da o‘ynab yurgan vaqtida, ya’ni 2019 yilning oxirida  “Benevento” jamoasi mashg‘ulotlarida qatnashgan. O‘shanda V Seriyada etakchilik qilayotgan  Filippo Indzagi shogirdlari mavsum yakunida kuchlilar qatoriga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Agar Jasur Jaloliddinov bu jamoada qolganida Italiya chempionati doirasida  “Benevento” va “Jenoa” uchrashuvida o‘zbek derbisini ko‘rgan bo‘larmidik...

Xo‘sh, Jasurning “Benevento”ga transferi nega amalga oshmagan?

Bunga futbolchining o‘zi javob berdi:

- Men bu jamoaga 2019 yilning oxirida, qishda ko‘rikdan o‘tgani kelgandim. “Benevento”da shug‘ullanganimda Filippo Indzagi menga qiziqayotganini his qilardim. Mashqlar davomida doim mening oldimga kelib, gapirardi. Asosiy muammo italyan tilini bilmasligimda edi. Uning ko‘p gaplarini tushunmasdim. U menga nima qilish kerakligini imo-ishoralar bilan ko‘rsatardi.

Albatta, men ham o‘zim tushunganimcha, uning talablarni bajarishga harakat qilardim. Lekin Indzagi muloqotimiz kutilganidek emasligini tushunib bo‘lgandi.

06d10d480ce95b35c1c1c38036c8cf44

- Agar Indzagi ingliz tilida gapirganida yaxshi bo‘larmidi?

- Ha, albatta. Men ingliz tilini tushunaman.

- Nega tarjimon berishmagan?

- Menga tushuntirishlariga qaraganda, Italiyaga yangi futbolchi kelishi bilan italyan tilini o‘rganishi kerak. Boshida hech kim tarjimon bermaydi. Bundan tashqari, jamoada hamma ham inglizchani bilmaydi. Hatto bir futbolchi bor edi. To‘qqiz oy davomida italyanchani o‘rganmadi. Uni hech kim tushunmas edi. Shu tufayli, u bilan shartnomani bekor qilishdi.

Xullas, “Benevento” transferni amalga oshirish uchun 18 yoshga to‘lishimni kutishi kerak edi. Mening tug‘ilgan kunim 15 mayda. Shundan kelib chiqib, ular chempionat yakunlanishi bilan bizga yakuniy javobni aytishlari rejalashtirilgan edi. Biroq, koronavirus pandemiyasi boshlandi.  

Biz “Benevento” menejmentidagilar bilan muntazam aloqa bog‘lab turdik. Ular chempionat qayta tiklanishi yoki yakunlanishigacha kutib turishimizni so‘radi.  Shundan so‘ng, klub rahbariyati yoshlarga imkon berishi  yoki tajribali o‘yinchilarga tayanishi haqida bir qarorga kelishini aytishdi. Transfer bo‘yicha o‘shanda gaplashamiz, deyishdi. Agar italiyaliklar menga aniq  rad javobini berganida O‘zbekistondan tashqariga chiqmasdim. Kelajagimni o‘ylab, takliflar ichidan “Lokomotiv” variantini tanladim.

Darhaqiqat, mamlakatimizning eng iste’dodli yoshlaridan bo‘lgan Jasur Jaloliddinovga “Lokomotiv”dan tashqari, Italiya, Turkiya va Osiyo jamoalaridan ham takliflar bo‘lgan edi. Futbolchimiz Evropa futboliga puxtaroq tayyorlanish uchun “Lokomotiv”ga o‘tishga rozi bo‘ldi. Moskvaliklar bilan besh yillik shartnomaga imzo chekkan Jasur legioner sifatida ilk mavsumini ijara asosida “Tambov”da o‘tkazadi.

Jaloliddinov: Shomurodov va O‘runov evropaliklardan kuchsiz emas!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
MD VDA
27/10/2020 09:56
Шу "булар эди" деган суз качон тугаркин
&
Okasi
27/10/2020 10:32
Ота-буваларимизда "Катта гапирмагин, катта тишлагин", деган нақл борлигини ота-онанг санга ўргатмаган кўринади, болапақир. Қўй энди, вақир-вуқур қивурмасдан футбол ўйнашни ўрган ва ўйлагин. Бунақада "Артист" лақабини оласан, холос, жиян.