Abbos Fayzullaev "Liverpul"ga o'tadimi?

  • 11.06.2026 01:46
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbek OAVlarida Abbosbek Fayzullaevni "Liverpul" klubi skautlari kuzatayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Unga ko‘ra, Abbosning Jahon chempionatidagi o‘yinlari diqqat markazida bo‘ladi. Shuningdek, mersisaydliklar faoliyatini yoritib boruvchi "Liverpool Hub" akkaunti ham bu xabarni tasdiqlagan.

"Liverpul" skautlari Abbosbek Fayzullaevni yaqinidan kuzatayotgani xabar qilinmoqda. Ayni vaqtda "Istanbul Boshakshehir" safida to‘p surayotgan O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi klub va terma jamoadagi o‘yinlari orqali e’tiborni o‘ziga qaratmoqda."

Biroq, ushbu insaydlar hozircha ishonchli manbalar tomonidan tasdiqlangan emas. Jahon chempionati davomida Fayzullaev yorqin o‘yin namoyish etsa, albatta Evropaning "top-5" chempionatlaridan biriga yo‘l olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, yakunlangan mavsumda 22 yoshli futbolchi "Istanbul Boshakshehir" safida 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol va 7 ta assist yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мамадияров Махмуд
11/06/2026 12:08
Ливерпульга ўтишига ишонмайман, АПЛда ўйнаш жуда катта жисмоний куч талаб қилади.