
Abumalik Xalakov "Gubernator kubogi" finalida jang qildi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida davom etayotgan "Gubernator kubogi" turniri o‘zining yakuniy qismiga etib keldi. Bugun ushbu an’anaviy musobaqaning final janglari bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi hal qiluvchi bahslarga O‘zbekiston terma jamoasidan besh nafari etib keldi.
Finalga chiqqan vakillarimiz orasida -60 kgdagi bokschimiz Abdumalik Halakov birinchi bo‘lib ringga ko‘tarildi. Unga rossiyalik Albert Batirgaziev raqiblik qildi.
Murosasiz va keskin tarzda o‘tgan ushbu jangda hakamlar qaroriga muvofiq rossiyalik bokschi g‘alaba qozondi. Shu tariqa Xalakov turnirning kumush medaliga sazovor bo‘ldi.
Fikrlar