Afsus! Elnur Abduraimov muddatidan oldin mag‘lub bo‘ldi

  • 6 mart, 2023, 09:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Super yarim o‘rta vaznda (58,9 kg) faoliyat olib borayotgan professional bokschimiz Elnur Abduraimov Meksikada, Zanfer Boxing kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan boks oqshomida mezbon bokschi, hali mag‘lubiyatga uchramagan Daniel Garsiya Molinaga qarshi ringga ko‘tarildi.
 
10 raundga mo‘ljallangan jangning 7-raundidan so‘ng Abduraimovning burchaji jangni davom ettira olmasligini ma’lum qildi va afsuski unda Garsiya Molina texnik nokaut evaziga g‘alaba qozonib IBF Shimoliy Amerika kamarini o‘ziniki qilish birga, o‘z statistikasini 15-0 (12 nokaut) ko‘rinishiga keltirdi. Elnur Abduraimovning rekordi esa 10-1 (9 nokaut) ko‘rinishga keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!