
Afsus! Nurmagomedov komadan chiqolmayapti
UFC chempioni Xabib Nurmagomedov va uning oilasi og‘ir ahvolga tushib qoldi. Uning otasi va ustozi Abdulmanap Nurmagomedov Moskvadagi shifoxonalarning birida komada hayot uchun jon talashmoqda. Bu haqda jang san’atlari ustasi Islom Maxachev xabar berdi.
- Men Xabib bilan har kuni gaplashib turibman. U otasining ahvoli og‘ir ekanini aytyapti, - dedi Islom Maxachev.
57 yoshli Abdulmanap Nurmagomedov 25 aprel kuni ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi bilan kasalxonaga tushgan edi. May oyi boshlarida Dog‘istonda unga qo‘llanilgan davolash choralarida xatoga yo‘l qo‘yilgani bois, ahvoli og‘irlashib, komaga tushgandi. Keyin maxsus reys bilan uni Moskvaga olib kelishdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, bemorning oldiga hech kim kiritilmayapti.
Fikrlar