
Afsus!!! Yana bir vakilimiz Jahon chempionatida qatnashmaydi
O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi a’zosi Sunnat Jo‘raev Portugaliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan edi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, futzalchimizning xochsimon payi lat egan va endilikda u operatsiya qilinadi.
Afsuski, futzalchimiz bir qancha muddatga safdan chiqdi va yaqinlashib kelayotgan FIFA Futzal Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘ldi.
Sunnatning tezroq sog‘ayishini tilab, uni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.
Fikrlar