Agar “Barsa” yulduzini olib bersanglar, “Man Siti”ni boshqaraman

  • 24 oktabr, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati yozda klubni tark etishi mumkin bo‘lgan Xosep Gvardiola o‘rniga boshqa mutaxassis qidirishda davom etadi.

“Shaharliklar”ga “Bayer”ni Germaniya chempioniga aylantirgan Xabi Alonso nomzodi ma’qul kelmoqda. Manchesterliklar bu mutaxassis o‘z hamyurtining ishini muvaffaqiyatli davom ettirishiga ishonchyapti.

Transfer News Live va El Nacional kabi nufuzli manbalarning ma’lum qilishicha, Xabi Alonso ham faoliyatini jiddiy klublarda rivojlantirishga qarshi emas. Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis “Manchester Siti”ni qabul qilib olish uchun klub xo‘jayinlari oldiga talab qo‘ygan.

Alonso “shaharliklar”dan jamoaga “Barselona” hujumkor futbolchisi Rafinyani olib kelishni so‘ramoqda.

Rafinya “Barselona”ga aynan Angliya Premer-ligasidan yo‘l olgan edi. Shu bois, Xabi Alonso “Siti”ning yangi tarkibini braziliyalik o‘yinchi atrofida shakllantirishni mo‘ljallayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!