UEFA PSJga Mbappeni saqlab qolishga yordam beradi

  • 8 aprel, 2022, 13:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Pari Sen-Jermen” bor imkoniyatlari bilan Kilian Mbappeni ushlab qolishga harakat qilmoqda.

Ispaniyaning “Marca” va Frantsiyaning “L’Equipe” nashrlarining yozishicha, Parij klubi moliyaviy feyr-pley qoidalarini o‘zgarishini kutmoqda.

UEFA ayni paytda klublardan yillik daromadining 70 foizigina futbol ehtiyojlariga sarflashini belgilab, klublarning transfer va maoshlarini cheklab qo‘ygan. Bu sinov usuli uch yilga belgilangan edi.

PSJ 2023 yilda daromadlarining 90 foizini futbol uchun yo‘naltirish imkoniga ega bo‘lishni kutmoqda. Klub xo‘jayinlari imkoniyat tug‘ilishi bilan Kilian Mbappega futbol tarixidagi eng katta shartnomani taqdim etishni rejalashtirgan.

Yaqinda 23 yoshli to‘purarning o‘zi ham parijliklar safida qolishga moyilligini bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!