Agar buni osh desa kallasiga solardim yoxud Fazliddin G‘oibnazarovdan osh hangomasi!

  • 19 iyul, 2024, 13:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Kuni kecha Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oibnazarov va uning murabbiyi Abror Tursunpo‘latov bilan podkast uyushtirdik. Mazkur podkastning qiziqarli joylaridan matnli tarzda e’tiboringizga havola etib boramiz...

Amerikada osh...

Fazliddin G‘oibnazarov:
Amerikada umrimda birinchi marta osh qilganman. Qizig‘i 8 ta jahon chempioni bor. Lomachenko, Usik, Gvozdik, menejerimiz Egis Klimas va boshqalar... Guruch O‘zbekistonnikimas, Amerikaniki sinib ketadigan. Uni ustiga Egis guruchni yuvish kerak desam, suvga solib ivitib qo‘yibdi. Xullas, yuqorida aytib o‘tganimdek, sinib ketyapti. Oldin qilmaganman oshni. Ukamga tel qilib, bir nima qilib pishirdim. Yaxshi bo‘ldi. Hammasi maqtab eyapti. Ikkinchi marta ham so‘rashyapti. Gvozdik kechikib keldi. Osh qolmagan. Qolgan-qutganlarni yig‘ib, unga ham bir kosa qilib berdik. U ham maza qilib edi. Men xursandman. 

- O‘zingiz, Abror aka siz ham edingizmi oshdan?

- Abror Tursunpo‘latov:
O‘zi qisman bu oshni qilishga men ham aralashganman. Aslida menga bu osh deb olib kelsa, kallasiga solgan bo‘lardim (kuladi). Endi o‘sha erda eganmiz. 

Fazliddin G‘oyibnazarov: Ha, endi shavlaga o‘xshagan osh bo‘lgandida (kuladi). Lekin Aleksandr Usik yaqinda Toshkentga keldik-u, o‘shanda qaley osh edingmi Toshkentda zo‘r ekanmi, deb so‘rasam, "Ha shirin ekan. Lekin o‘sha sen qilgan ham juda zo‘r edi", dedi. To‘g‘risi, rostdan aytdimi yoki shunchaki kesatib aytdimi, bilmadim (kuladi). 

To‘liq podkastni  shu havolada ko‘rishingiz mumkin... 

Tecno

https://youtu.be/Dfd6uaKMDgo?si=Cvh9tSnZ9semnff6

Quyida, qolgan mavzular haqida ham qisqacha ma’lumot berib o‘tganmiz...


 Fazliddin G‘oibnazarov boksni tark etdimi?

Abror Tursunpo‘latov nega Mo‘g‘uliston terma jamoasidan ketdi yoxud unga qaysi terma jamoadan taklif tushmoqda?

"Fayzi" Rajab Bo‘taev bilan jangini qanday izohladi? 

  Parij Olimpiadasida bokschilarimizning imkoniyatini qanday baholashdi?

 Terens Krouford bilan sparringda qanday qiziqarli holatlar bo‘lgandi?

 Isroilning Kroufordga qarshi imkoniyatiga qanday baxo berishdi?

 Fazliddin G‘oyibnazarov  Aleksandr Usik, Egis Klimas va Vasiliy Lomachenkoni qanday qoyil qoldirgandi?

 Fazliddin G‘oyibnazarov va Abror Tursunpo‘latov bilan super podkast...

Hazilkash Fazliddin bilan erkakcha gurung!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!