
Agar Ikram Aliskerov Uittakerni mag‘lub etsa...
UFC ning o‘rta vazn toifasidagi jangchisi Ikram Aliskerov promoushenning sobiq chempioni Robert Uittaker ustidan g‘alaba qozonsa, kamar uchun jang so‘rashini ma’lum qildi.
"Uittaker jiddiy raqib. Reytingda 3 o‘rinda. Agar Robert g‘alaba qozonsa, u uchun ko‘p eshiklar ochiladi. Agar uni mag‘lub etsam, kamar uchun jang berishlarini so‘rayman", - dedi Aliskerov.
Eslatib o‘tamiz, Uittaker(25-7) va Aliskerov(15-1) o‘rtasidagi qarama-qarshilik 22 iyun kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar